Qanday foydalaniladi?
Matnni joylang
Yozing, joylang yoki Word, PDF, TXT faylni taşlang.
Yozuvni tanlang
Kirill, lotin yoki yangi lotin. Manba alifbo özi aniqlanadi.
Nusxa oling
Natijani nusxalang yoki fayl qilib yuklab oling.
Yozuv nima qila oladi?
Yozuv — özbek matnini uçala alifbo orasida tez va aniq ögiradigan bepul onlayn vosita.
Olti yönaliş
Kirilldan lotinga, lotindan kirillga va ikkalasidan yangi lotinga — hamda aksinça.
Word, PDF, TXT
Word hujjatidagi şrift, jadval va rasmlar joyida qoladi.
Alifboni özi aniqlaydi
Notöğri alifbo tanlansa, aytib qöyadi.
Şubhali sözlar sariq
Ikki xil yozilişi mumkin bölgan sözlarni tekşirib çiqasiz.
Ilova sifatida
Telefonga örnating — internetsiz ham işlaydi.
Word uçun qöşimça
Hujjatni Word içida bir tugma bilan ögiring. Örnatiş
Matningiz heç qayerga yuborilmaydi
Ögiriş töliq brauzeringizda bajariladi: şartnoma, buyruq va şaxsiy hujjatlar qurilmangizdan çiqmaydi. Internet uzilsa ham işlaydi. Batafsil →
Yangi alifbo: 4 ta harf özgaradi
Yangi lotin alifbosi 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi.
- OʻÖ
- GʻĞ
- ShŞ
- ChÇ
Ng endi alohida harf emas. Alifboda 28 harf va tutuq belgisi (ʼ).
Töliq harflar jadvali
| Kirill | Lotin (1995) | Yangi lotin (2026) |
|---|---|---|
| Ўў | Oʻ oʻ | Ö ö |
| Ғғ | Gʻ gʻ | Ğ ğ |
| Шш | Sh sh | Ş ş |
| Чч | Ch ch | Ç ç |
| Ққ | Q q | Q q |
| Ҳҳ | H h | H h |
| Хх | X x | X x |
| Жж | J j | J j |
| Йй | Y y | Y y |
| Ёё | Yo yo | Yo yo |
| Юю | Yu yu | Yu yu |
| Яя | Ya ya | Ya ya |
| Ээ | E e | E e |
| Ъъ | ʼ | ʼ |
Qolgan harflar uçala alifboda bir xil öqiladi. Kirilldagi Ц, Ъ, Ь harflari lotinda qoidaga qarab yoziladi.
Bepul va Pro
Bepul — har doim
- Bir martada 5 000 sözgaça
- 1 MB gaça fayl
- Uçala alifbo va Word qöşimçasi
Pro oyiga 12 400 sömdan
- Çeklovsiz matn
- 12 MB gaça fayl, 300 sahifalik PDF
- Bir vaqtda 20 ta fayl, bitta .zip
Köp beriladigan savollar
Yangi lotin alifbosi qaçondan kuçga kiradi?
Qonun 2026-yil 21-oktabrda imzolandi va 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi. Batafsil: yangi lotin alifbosi.
Matnim serverga yuboriladimi?
Yöq. Ögiriş töliq brauzeringizda bajariladi: matn ham, fayl ham heç qayerga yuborilmaydi va saqlanmaydi. Maxfiylik siyosati.
Word yoki PDF faylni ögirsa böladimi?
Ha. Word (.docx) hujjati joyida ögiriladi: formatlaş, jadval va rasmlar saqlanadi. PDF fayldan faqat matn olinadi. Skanerlangan PDF (rasm) va eski .doc fayllar öqilmaydi.
Nega baʼzi sözlar sariq rangda?
Baʼzi sözlarni qoidaning özi bilan aniq ögirib bölmaydi: masalan, kirilldagi ц lotinda s yoki ts böladi (цирк → sirk, лицей → litsey). Luğatda yöq bunday sözlar sariq bilan belgilanadi — ularni bir körib çiqing.
Internet bölmasa işlaydimi?
Ha. Saytni bir marta oçganingizdan keyin u internetsiz ham işlaydi. Telefonda brauzer menyusidan “Boş ekranga qöşiş”ni tanlab, ilova kabi örnatib qöying.