Kirillcha matnni joylang yoki faylni tashlang — lotincha matn darhol tayyor boʻladi.
Kirilldan lotinga qanday oʻgiriladi
Yozuv 1995-yilda tasdiqlangan “Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari”ga amal qiladi. Oddiy harflardan tashqari, eng koʻp xato qilinadigan joylar ham hisobga olingan:
- Ў, Ғ, Ш, Ч → Oʻ, Gʻ, Sh, Ch; bosh harfli soʻzlarda ШАҲАР → SHAHAR, АҚШ → AQSH.
- Е soʻz boshida va unlidan keyin ye boʻladi: ер → yer, поезд → poyezd; boshqa joyda e.
- Ц unlidan keyin ts, boshqa joyda s: лицей → litsey, цирк → sirk, концерт → konsert.
- Ъ tutuq belgisi boʻladi (маъно → maʼno), ruscha soʻzlarda yozilmaydi (объект → obyekt); Ь tushib qoladi (сентябрь → sentabr).
- Sanalar: 2025 йил 1 январдан → 2025-yil 1-yanvardan.
Matnni yangi alifboga oʻgirish kerak boʻlsa, “Qaysi yozuvga” qatoridan Özbek ni tanlang yoki yangi lotin alifbosi sahifasini oching.
Qanday foydalaniladi
- Matnni yuqoridagi oynaga yozing yoki joylang, yoxud Word, PDF yoki TXT faylni tashlang.
- Qaysi yozuvga oʻgirishni tanlang: kirill, lotin (1995) yoki yangi lotin (2026).
- Natijadan nusxa oling yoki faylni yuklab oling. Sariq soʻzlarga bir koʻz yugurtiring.
Yozuv nima qila oladi
- Olti yoʻnalish. Kirilldan lotinga, lotindan kirillga, ikkala yozuvdan yangi lotinga va yangi lotindan ularga.
- Yozuvni oʻzi aniqlaydi. Matnni joylang — Yozuv uning qaysi alifboda ekanini topadi. Notoʻgʻri tanlansa, aytib qoʻyadi.
- Word, PDF va TXT fayllar. Word hujjatidagi shrift, jadval va rasmlar joyida qoladi; natijani TXT, Word yoki PDF qilib yuklab oling.
- Rasmiy matnlarda tekshirilgan. Qoidalar va lugʻat 5 milliondan ortiq soʻzli qonun hujjatlari va yangiliklar asosida sinalgan. Ikki xil yozilishi mumkin boʻlgan soʻzlar sariq rang bilan belgilanadi.
- Maxfiy. Matn va fayllar faqat sizning brauzeringizda oʻgiriladi va hech qayerga yuborilmaydi.
- Internetsiz ishlaydi. Bir marta ochilgandan keyin internet kerak emas; telefonga ilova sifatida oʻrnatish mumkin.
- Word uchun qoʻshimcha. Hujjatni Word ichida bir tugma bilan oʻgiring — oʻrnatish yoʻriqnomasi.
Koʻp beriladigan savollar
Kirill-lotin oʻgirgich bepulmi?
Ha. Bir martada 5 000 soʻzgacha matn va 1 MB gacha faylni roʻyxatdan oʻtmasdan bepul oʻgirish mumkin. Kattaroq fayllar va bir nechta faylni birdaniga oʻgirish uchun Pro bor.
Kirilldan lotinga oʻgirishda ц harfi nima boʻladi?
Unlidan keyin ts, soʻz boshida, undoshdan keyin va soʻz oxirida s: лицей → litsey, цирк → sirk, абзац → abzas. Ikki xil boʻlishi mumkin boʻlgan soʻzlar sariq bilan belgilanadi.
Apostrof qanday yoziladi: oʻ yoki o'?
Standart boʻyicha oʻ, gʻ uchun maxsus belgi (ʻ) va tutuq uchun (ʼ) ishlatiladi — lex.uz dagidek. Kerak boʻlsa, natija ostidagi “Apostrof” menyusidan oddiy ' belgisini tanlang.
Matnim xavfsizmi?
Ha. Oʻgirish sizning brauzeringizda bajariladi: matn ham, fayl ham serverga yuborilmaydi va saqlanmaydi.
Bu tarjimonmi?
Yoʻq. Yozuv tilni oʻzgartirmaydi, faqat alifboni: oʻzbekcha matn oʻzbekchaligicha qoladi, faqat kirill, lotin yoki yangi lotin harflarida yoziladi.
Word yoki PDF faylni oʻgirsa boʻladimi?
Ha. Word (.docx) hujjati joyida oʻgiriladi: formatlash, jadval va rasmlar saqlanadi. PDF fayldan faqat matn olinadi, natija oddiy matnli PDF, Word yoki TXT boʻladi. Skanerlangan PDF (rasm) oʻqilmaydi.