Lotincha matnni joylang yoki faylni tashlang — kirillcha matn darhol tayyor boʻladi.
Lotindan kirillga qanday oʻgiriladi
Lotin yozuvida apostroflar har xil yoziladi va baʼzi harflar ikki xil oʻqiladi. Yozuv bularni hisobga oladi:
- oʻ, gʻ → ў, ғ — apostrof qanday yozilgan boʻlishidan qatʼi nazar (o', o‘, o’, oʻ).
- sh, ch → ш, ч; tutuq belgisi → ъ: maʼno → маъно.
- yo, yu, ya, ye → ё, ю, я, е; lekin yoʻl → йўл.
- e soʻz boshida va unlidan keyin э: ekran → экран, poema → поэма.
- ts ruscha soʻzlarda ц boʻladi (litsey → лицей), oʻzbekcha qoʻshimchalarda esa тс qoladi (aytsa → айтса).
- Lotinda s deb yozilgan ц lugʻatdan tiklanadi: sirk → цирк, konsert → концерт.
Yangi lotin (2026) alifbosidagi matnni ham kirillga oʻgirish mumkin: Özbekiston → Ўзбекистон.
Qanday foydalaniladi
- Matnni yuqoridagi oynaga yozing yoki joylang, yoxud Word, PDF yoki TXT faylni tashlang.
- Qaysi yozuvga oʻgirishni tanlang: kirill, lotin (1995) yoki yangi lotin (2026).
- Natijadan nusxa oling yoki faylni yuklab oling. Sariq soʻzlarga bir koʻz yugurtiring.
Yozuv nima qila oladi
- Olti yoʻnalish. Kirilldan lotinga, lotindan kirillga, ikkala yozuvdan yangi lotinga va yangi lotindan ularga.
- Yozuvni oʻzi aniqlaydi. Matnni joylang — Yozuv uning qaysi alifboda ekanini topadi. Notoʻgʻri tanlansa, aytib qoʻyadi.
- Word, PDF va TXT fayllar. Word hujjatidagi shrift, jadval va rasmlar joyida qoladi; natijani TXT, Word yoki PDF qilib yuklab oling.
- Rasmiy matnlarda tekshirilgan. Qoidalar va lugʻat 5 milliondan ortiq soʻzli qonun hujjatlari va yangiliklar asosida sinalgan. Ikki xil yozilishi mumkin boʻlgan soʻzlar sariq rang bilan belgilanadi.
- Maxfiy. Matn va fayllar faqat sizning brauzeringizda oʻgiriladi va hech qayerga yuborilmaydi.
- Internetsiz ishlaydi. Bir marta ochilgandan keyin internet kerak emas; telefonga ilova sifatida oʻrnatish mumkin.
- Word uchun qoʻshimcha. Hujjatni Word ichida bir tugma bilan oʻgiring — oʻrnatish yoʻriqnomasi.
Koʻp beriladigan savollar
Lotin-kirill oʻgirgich bepulmi?
Ha. Bir martada 5 000 soʻzgacha matn va 1 MB gacha faylni roʻyxatdan oʻtmasdan bepul oʻgirish mumkin. Kattaroq fayllar va bir nechta faylni birdaniga oʻgirish uchun Pro bor.
Nega sirk soʻzi цирк boʻladi?
1995-yilgi qoidalarga koʻra kirilldagi ц lotinda koʻpincha s deb yoziladi. Yozuv 5 milliondan ortiq soʻzli lugʻatdan bunday soʻzlarni taniydi va ц ni qaytaradi. Lugʻatda yoʻq soʻzlar sariq bilan belgilanadi.
Apostrofsiz yozilgan matnni ham oʻgiradimi?
o', o‘, o’, oʻ, o` — barchasi tushuniladi. Apostrof umuman yozilmagan boʻlsa (ozbek), soʻzni toʻgʻrilab yozing yoki natijadagi qalamcha tugmasi bilan tuzating.
Matnim xavfsizmi?
Ha. Oʻgirish sizning brauzeringizda bajariladi: matn ham, fayl ham serverga yuborilmaydi va saqlanmaydi.
Bu tarjimonmi?
Yoʻq. Yozuv tilni oʻzgartirmaydi, faqat alifboni: oʻzbekcha matn oʻzbekchaligicha qoladi, faqat kirill, lotin yoki yangi lotin harflarida yoziladi.
Word yoki PDF faylni oʻgirsa boʻladimi?
Ha. Word (.docx) hujjati joyida oʻgiriladi: formatlash, jadval va rasmlar saqlanadi. PDF fayldan faqat matn olinadi, natija oddiy matnli PDF, Word yoki TXT boʻladi. Skanerlangan PDF (rasm) oʻqilmaydi.