Yozuv — Word uchun
Word dasturida yangi Yozuv varagʻi paydo boʻladi. Undagi uchta tugma hujjatni bir bosishda kirill, lotin (1995) yoki yangi lotin (2026) yozuviga oʻgiradi. Formatlash, jadval va rasmlar saqlanadi, 200 000 soʻzli hujjat ham bir necha soniyada tayyor.
Кирилл
Lotin 1995
Lotin 2026
Настройкиmanifest.xml faylini yuklab olish
Bu kichik fayl Word dasturiga qoʻshimchani qayerdan olishni aytadi. Quyidagi qadamlarda shu fayl kerak boʻladi.
Kerak: Microsoft 365 yoki Word 2016 va undan yangi (Windows, Mac) yoki brauzerdagi Word. Internet ulangan boʻlishi kerak.
Install
1-qadam: Papka yarating
Masalan,
C:\Yozuvpapkasini yarating va yuklab olinganmanifest.xmlfaylini unga koʻchiring.2-qadam: Papkani ulashing
Papkani sichqonchaning oʻng tugmasi bilan bosing va Свойства ni tanlang. Доступ varagʻida Общий доступ… tugmasini, keyin Поделиться va Готово tugmalarini bosing. Shu oynadagi Сетевой путь manzilini nusxalang, masalan
\\MY-PC\Yozuv.Windows 11: avval Показать дополнительные параметры ni tanlang yoki papkani
Shiftbilan birga oʻng tugma bilan bosing.3-qadam: Word dasturiga papkani koʻrsating
Word dasturini oching: Файл → Параметры → Центр управления безопасностью → Параметры центра управления безопасностью… → Доверенные каталоги надстроек. URL-адрес каталога maydoniga nusxalangan manzilni qoʻying, Добавить каталог tugmasini bosing, Показывать в меню belgisini qoʻying va ОК. Word dasturini yopib, qayta oching.
4-qadam: Yozuv qoʻshimchasini qoʻshing
Главная → Надстройки tugmasini bosing va roʻyxat oxiridagi Другие надстройки ni tanlang. Ochilgan oynada ОБЩАЯ ПАПКА → Yozuv → Добавить. Lentada Yozuv varagʻi paydo boʻladi.
Eski Word versiyasida: Вставка → Мои надстройки.
1-qadam: Word papkasini oching
Finder oynasida Переход → Переход к папке… (
⇧⌘G) ni tanlang, bu manzilni qoʻying va Перейти tugmasini bosing:~/Library/Containers/com.microsoft.Word/Data/DocumentsBu papka Word kamida bir marta ochilgandan keyin paydo boʻladi.
2-qadam:
wefpapkasini yaratingShu yerda yangi papka yarating (Файл → Новая папка,
⇧⌘N) va nominiwefqoʻying.wefpapkasi bor boʻlsa, bu qadamni oʻtkazib yuboring.3-qadam: Faylni koʻchiring
Yuklab olingan
manifest.xmlfayliniwefpapkasiga tashlang.4-qadam: Word dasturini qayta oching
Word dasturidan butunlay chiqing (
⌘Q), qayta oching va istalgan hujjatni oching.5-qadam: Yozuv qoʻshimchasini yoqing
Главная → Надстройки ni bosing va roʻyxatdan Yozuv ni tanlang. Lentada Yozuv varagʻi paydo boʻladi.
Eski Word versiyasida: Вставка → Мои надстройки.
Mac uchun Word 16 va undan yangi versiya kerak.
1-qadam: Hujjatni oching
Brauzerda
office.comsaytiga kiring va Word hujjatini oching.2-qadam: Qoʻshimchalar oynasini oching
Главная → Надстройки tugmasini bosing va roʻyxat oxiridagi Дополнительные параметры ni tanlang. Ochilgan oynada МОИ НАДСТРОЙКИ → Отправить мою надстройку.
3-qadam: Faylni yuklang
Обзор… orqali
manifest.xmlfaylini tanlang va Отправить tugmasini bosing. Yozuv varagʻi paydo boʻladi.
Brauzer keshi tozalansa, bu qadamlarni qayta bajarish kerak boʻlishi mumkin.
Qanday ishlatiladi
- Yozuv varagʻini oching va kerakli tugmani bosing: Кирилл, Lotin 1995 yoki Lotin 2026. Har bir tugma oʻsha yozuvning oʻzida yozilgan.
- Matnning bir qismini belgilasangiz — faqat shu qism oʻgiriladi. Hech narsa belgilanmagan boʻlsa — butun hujjat, sarlavha va sahifa osti yozuvlari bilan.
- Matn qaysi yozuvda ekani avtomatik aniqlanadi. Natija yoqmasa,
Ctrl+Z(Mac:⌘Z) bilan qaytaring. - Настройки tugmasi yon panelni ochadi. Unda apostrof turini tanlaysiz: odatda oddiy
'(o'zbek), xohlasangiz toʻgʻriʻ ʼ(oʻzbek). - Baʼzi soʻzlar ikki xil yozilishi mumkin. Yon panelda ular roʻyxati chiqadi: soʻzni bossangiz, hujjatda topib beradi. Xohlasangiz, ularni sariq rang bilan belgilatib qoʻyishingiz mumkin.
Muammo boʻlsa
Yozuv varagʻi koʻrinmayapti
Word dasturini butunlay yopib, qayta oching. Windows kompyuterida 3-qadamdagi Показывать в меню belgisi qoʻyilganini tekshiring.
Qoʻshimcha yuklanmadi yoki xato chiqdi
Internet ulanganini tekshiring: qoʻshimcha yozuvlar.uz saytidan yuklanadi.
Hujjatim juda katta
200 000 va undan koʻp soʻzli hujjatlar ham ishlaydi — bir necha soniya kuting. Juda katta hujjatda sariq belgilashni oʻchirib qoʻysangiz, tezroq boʻladi.
Makroslarni yoqish kerakmi?
Yoʻq. Bu makros emas, rasmiy Office qoʻshimchasi: xavfsizlik ogohlantirishlari chiqmaydi, makroslarni yoqish shart emas.
Tashkilotlar uchun
Microsoft 365 administratori qoʻshimchani butun tashkilotga bir martada oʻrnatishi mumkin: Microsoft 365 boshqaruv markazida Показать все → Параметры → Интегрированные приложения → Отправить пользовательские приложения → manifest.xml. Shunda xodimlar hech narsa qilmaydi — Yozuv varagʻi oʻzi chiqadi.