Yozuv Pro — katta hajmdagi ish uchun
Uzun matnlar, katta Word va PDF fayllar, bir nechta faylni birdaniga oʻgirish. Hammasi oʻsha-oʻsha: brauzeringizda, fayllar hech qayerga yuborilmaydi.
Bepul
0
Kundalik ish uchun yetarli: bir martada 5 000 soʻzgacha va 1 MB gacha fayl.
Pro
19 000 soʻm / oy
149 000 soʻm / yil · 35% arzon
Bepul va Pro
| Bepul | Pro | |
|---|---|---|
| Bir martada oʻgirish | 5 000 soʻzgacha | cheklanmagan |
| Fayl hajmi | 1 MB gacha | 12 MB gacha |
| PDF sahifalari | 30 gacha | 300 gacha |
| Bir vaqtda fayllar | 1 | 20 gacha |
| Hammasini bitta .zip qilib yuklab olish | yoʻq | bor |
Kimlar uchun
Yuristlar va notariuslar
Shartnoma, buyruq va qonun matnlarini kirilldan lotinga butunligicha, formatini buzmasdan oʻgiring.
Nashriyot va tahririyatlar
Kitob, maqola va arxivlarni yangi lotin alifbosiga tayyorlang: 300 sahifagacha PDF va 12 MB gacha Word.
Maktab va oliygohlar
Darslik, test va qoʻllanmalarni yangi alifboga oʻtkazing — bir martada 20 tagacha fayl.
Idora va kompaniyalar
Hujjatlar arxivini oʻgiring: fayllarni tashlang, natijani bitta .zip qilib yuklab oling.
Qanday olinadi
- Pro olish tugmasini bosing va yozing.
- Toʻlovdan keyin sizga Pro kaliti yuboriladi.
- Kalitni saytdagi Pro oynasiga qoʻying — cheklovlar darhol ochiladi.
Tashkilotlar uchun
Bir nechta xodim uchun kalit, katta arxivni oʻgirish yoki Word qoʻshimchasini butun tashkilotga oʻrnatish kerakmi? Yozing — birga hal qilamiz. Telegram
Koʻp beriladigan savollar
Kalit qanday ishlaydi?
Kalit shu brauzerda saqlanadi va internetsiz tekshiriladi. Boshqa kompyuter yoki telefonda ham shu kalitni kiritishingiz mumkin.
Muddat tugasa nima boʻladi?
Sayt bepul tarifga qaytadi: bir martada 5 000 soʻzgacha va 1 MB gacha fayl. Yangi kalit olsangiz, Pro yana ochiladi.
Pro bilan fayllarim serverga yuklanadimi?
Yoʻq. Pro ham bepul tarif kabi faqat brauzeringizda ishlaydi: matn va fayllar hech qayerga yuborilmaydi.
Word qoʻshimchasi pullimi?
Yoʻq, Word uchun qoʻshimcha bepul va cheklovsiz. Oʻrnatish yoʻriqnomasi.
Yillik tarifning farqi nima?
Imkoniyatlar bir xil, faqat 12 oy uchun bir martada toʻlaysiz va arzonroq tushadi.
© 2026 Yozuv · yozuvlar.uz · Word · Yordam / Support · Privacy · Terms