Yangi oʻzbek lotin alifbosi (2026): matnni yangi alifboga oʻgiring

Word uchun Bogʻlanish
Oʻzgargan 4 harf: Oʻ Ö Gʻ Ğ Sh Ş Ch Ç Batafsil va toʻliq jadval ↓

Qaysi yozuvdan

Word (.docx), PDF yoki .txt · 1 MB gacha · faylni shu yerga sudrab tashlash ham mumkin

Qaysi yozuvga

Ctrl + Enter — natijadan nusxa olish

Tarix

Oxirgi 15 ta oʻgirish faqat shu brauzerda saqlanadi. Matn yozishni toʻxtatganingizdan 5 soniya keyin, nusxa olganda yoki yuklab olganda qoʻshiladi.

Yozuv Pro

Uzun matnlar, katta fayllar va bir nechta faylni birdaniga oʻgirish uchun. Bepul tarifda bir martada 5 000 soʻzgacha oʻgiriladi.

BepulPro

Narxi: oyiga 19 000 soʻm yoki yiliga 149 000 soʻm. Yozing — toʻlovdan keyin sizga Pro kaliti yuboriladi.

Pro soʻrash Narxlar va batafsil

Kirill yoki eski lotin (1995) matnini joylang — Yozuv uni yangi alifboga oʻgiradi.

Yangi alifboda nima oʻzgardi

Prezident 2026-yil 21-oktabrda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan olti oy oʻtgach kuchga kiradi. Yangi alifboda 28 harf va tutuq belgisi (ʼ) bor.

KirillLotin (1995)Yangi lotin (2026)Misol
ЎўOʻoʻÖöOʻzbekiston → Özbekiston
ҒғGʻgʻĞğtogʻ → toğ
ШшSh shŞşshahar → şahar
ЧчCh chÇçchoʻl → çöl

Qolgan harflar oʻzgarmaydi. Ng endi alohida harf hisoblanmaydi, lekin yozilishi oʻsha-oʻsha: tong → tong.

Yangi harflarni qanday yozish mumkin

Qanday foydalaniladi

  1. Matnni yuqoridagi oynaga yozing yoki joylang, yoxud Word, PDF yoki TXT faylni tashlang.
  2. Qaysi yozuvga oʻgirishni tanlang: kirill, lotin (1995) yoki yangi lotin (2026).
  3. Natijadan nusxa oling yoki faylni yuklab oling. Sariq soʻzlarga bir koʻz yugurtiring.

Kirill, lotin (1995) va yangi lotin (2026) harflari

KirillLotin (1995)Yangi lotin (2026)
ЎўOʻ oʻÖ ö
ҒғGʻ gʻĞ ğ
ШшSh shŞ ş
ЧчCh chÇ ç
ҚқQ qQ q
ҲҳH hH h
ХхX xX x
ЖжJ jJ j
ЙйY yY y
ЁёYo yoYo yo
ЮюYu yuYu yu
ЯяYa yaYa ya
ЭэE eE e
Ъъʼʼ

Qolgan harflar uchala alifboda bir xil oʻqiladi. Kirilldagi Ц, Ъ, Ь harflari lotinda qoidaga qarab yoziladi.

Koʻp beriladigan savollar

Yangi lotin alifbosi qachondan kuchga kiradi?

Qonun 2026-yil 21-oktabrda imzolandi va rasmiy eʼlon qilingandan olti oy oʻtgach kuchga kiradi.

Yangi alifboda qaysi harflar oʻzgardi?

Toʻrt harf: Oʻ → Ö, Gʻ → Ğ, Sh → Ş, Ch → Ç. Qolgan harflar 1995-yilgi alifbodagidek.

Eski lotin matnini yangi alifboga oʻgirsa boʻladimi?

Ha. Matnni joylang, “Qaysi yozuvga” qatoridan Özbek (yangi lotin) ni tanlang. Word hujjatini ham formatini buzmasdan oʻgirish mumkin.

Kirill matnini toʻgʻridan-toʻgʻri yangi lotinga oʻgirsa boʻladimi?

Ha, oraliq bosqichsiz: Ўзбекистон → Özbekiston, шаҳар → şahar.

Word hujjatini yangi alifboga qanday oʻgiraman?

Faylni shu sahifaga tashlang yoki Word uchun qoʻshimchani oʻrnating — Word ichida Lotin 2026 tugmasi paydo boʻladi.

Matnim xavfsizmi?

Ha. Oʻgirish sizning brauzeringizda bajariladi: matn ham, fayl ham serverga yuborilmaydi va saqlanmaydi.