Köp beriladigan savollar
Yangi alifbo, fayllar, maxfiylik va Pro haqida qisqa javoblar.
Umumiy
Bu bepulmi?
Ha. Bir martada 5 000 sözgaça matn va 1 MB gaça faylni röyxatdan ötmasdan bepul ögiriş mumkin. Kattaroq fayllar va bir neçta faylni birdaniga ögiriş uçun Pro bor.
Bu tarjimonmi?
Yöq. Yozuv tilni özgartirmaydi, faqat alifboni: özbekça matn özbekçaligiça qoladi, faqat kirill, lotin yoki yangi lotin harflarida yoziladi.
Nega baʼzi sözlar sariq rangda?
Baʼzi sözlarni qoidaning özi bilan aniq ögirib bölmaydi: masalan, kirilldagi ц lotinda s yoki ts böladi (цирк → sirk, лицей → litsey). Luğatda yöq bunday sözlar sariq bilan belgilanadi — ularni bir körib çiqing.
Yangi alifbo 2026
Yangi lotin alifbosi qaçondan kuçga kiradi?
Qonun 2026-yil 21-oktabrda imzolandi va 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi. Batafsil: yangi lotin alifbosi.
Qaysi harflar özgardi?
Tört harf: Oʻ → Ö, Gʻ → Ğ, Sh → Ş, Ch → Ç. Qolgan harflar 1995-yilgi lotin alifbosidagidek qoladi.
Fayllar
Word yoki PDF faylni ögirsa böladimi?
Ha. Word (.docx) hujjati joyida ögiriladi: formatlaş, jadval va rasmlar saqlanadi. PDF fayldan faqat matn olinadi. Skanerlangan PDF (rasm) va eski .doc fayllar öqilmaydi.
Maxfiylik va internetsiz işlaş
Matnim serverga yuboriladimi?
Yöq. Ögiriş töliq brauzeringizda bajariladi: matn ham, fayl ham heç qayerga yuborilmaydi va saqlanmaydi. Maxfiylik siyosati.
Word qöşimçasi
Word qöşimçasi nima?
Word lentasida “Yozuv” varaği paydo böladi: Кирилл, Lotin 1995, Lotin 2026 tugmalari bilan hujjatni formatini buzmasdan ögirasiz. Qöşimça bepul va çeklovsiz.
Qanday örnataman?
Windows, Mac va brauzerdagi Word uçun qadamma-qadam yöriqnoma: Word uçun qöşimça.
Bepul va Pro
Pro nima beradi?
Çeklovsiz matn, 12 MB gaça fayl, 300 sahifagaça PDF va bir vaqtda 20 ta fayl. Hammasi öşa-öşa brauzeringizda. Batafsil.
Pro qanday olinadi?
Telegram botimiz @yozuvlar_app_bot orqali. Tölovdan keyin bot kalit yuboradi — uni saytdagi Pro oynasiga qöyasiz.
Javob topilmadimi?
Botga yozing yoki elektron poçta orqali murojaat qiling — tez javob beramiz.