Oʻgirgichga qaytish

Koʻp beriladigan savollar

Yangi alifbo, fayllar, maxfiylik va Pro haqida qisqa javoblar.

Umumiy

Bu bepulmi?

Ha. Bir martada 5 000 soʻzgacha matn va 1 MB gacha faylni roʻyxatdan oʻtmasdan bepul oʻgirish mumkin. Kattaroq fayllar va bir nechta faylni birdaniga oʻgirish uchun Pro bor.

Bu tarjimonmi?

Yoʻq. Yozuv tilni oʻzgartirmaydi, faqat alifboni: oʻzbekcha matn oʻzbekchaligicha qoladi, faqat kirill, lotin yoki yangi lotin harflarida yoziladi.

Nega baʼzi soʻzlar sariq rangda?

Baʼzi soʻzlarni qoidaning oʻzi bilan aniq oʻgirib boʻlmaydi: masalan, kirilldagi ц lotinda s yoki ts boʻladi (цирк → sirk, лицей → litsey). Lugʻatda yoʻq bunday soʻzlar sariq bilan belgilanadi — ularni bir koʻrib chiqing.

Notoʻgʻri chiqqan soʻzni qanday tuzataman?

Sariq soʻz yonidagi qalamcha tugmasini bosing va toʻgʻri yozilishini kiriting. Yozuv uni shu brauzerda eslab qoladi va keyingi safar shunday oʻgiradi. Xatoni muallifga ham yuborishingiz mumkin: natijadagi soʻzni belgilab, “Xato haqida xabar berish”ni bosing.

Apostrof qanday yoziladi: oʻ yoki o'?

Standart boʻyicha oʻ, gʻ uchun maxsus belgi (ʻ) va tutuq uchun (ʼ) ishlatiladi — lex.uz dagidek. Kerak boʻlsa, natija ostidagi “Apostrof” menyusidan oddiy ' belgisini tanlang.

Yangi alifbo 2026

Yangi lotin alifbosi qachondan kuchga kiradi?

Qonun 2026-yil 21-oktabrda imzolandi va 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi. Batafsil: yangi lotin alifbosi.

Qaysi harflar oʻzgardi?

Toʻrt harf: Oʻ → Ö, Gʻ → Ğ, Sh → Ş, Ch → Ç. Qolgan harflar 1995-yilgi lotin alifbosidagidek qoladi.

Ng harfi nima boʻldi?

Ng endi alohida harf hisoblanmaydi, lekin soʻzlar oʻsha-oʻsha yoziladi: tong, ming. Alifboda 28 harf va tutuq belgisi bor.

Yangi harflarni qanday yozaman?

Saytda matn oynasi ostidagi harf tugmalari bor. Kompyuterda turkcha (Turkish Q) klaviaturani qoʻshing — unda ö, ğ, ş, ç tugmalari bor. Telefonda o, g, s yoki c harfini bosib turing.

Fayllar

Word yoki PDF faylni oʻgirsa boʻladimi?

Ha. Word (.docx) hujjati joyida oʻgiriladi: formatlash, jadval va rasmlar saqlanadi. PDF fayldan faqat matn olinadi. Skanerlangan PDF (rasm) va eski .doc fayllar oʻqilmaydi.

Qancha katta faylni oʻgirish mumkin?

Bepul: 1 MB gacha va 30 sahifagacha PDF. Pro: 12 MB gacha, 300 sahifagacha PDF va bir vaqtda 20 tagacha fayl.

Natijani qaysi formatda yuklab olaman?

Matn (TXT), Word (.docx) yoki PDF. Bir nechta faylni oʻgirsangiz, hammasi bitta .zip arxivda yuklanadi (Pro).

Maxfiylik va internetsiz ishlash

Matnim serverga yuboriladimi?

Yoʻq. Oʻgirish toʻliq brauzeringizda bajariladi: matn ham, fayl ham hech qayerga yuborilmaydi va saqlanmaydi. Maxfiylik siyosati.

Internet boʻlmasa ishlaydimi?

Ha. Saytni bir marta ochganingizdan keyin u internetsiz ham ishlaydi. Telefonda brauzer menyusidan “Bosh ekranga qoʻshish”ni tanlab, ilova kabi oʻrnatib qoʻying.

Word qoʻshimchasi

Word qoʻshimchasi nima?

Word lentasida “Yozuv” varagʻi paydo boʻladi: Кирилл, Lotin 1995, Lotin 2026 tugmalari bilan hujjatni formatini buzmasdan oʻgirasiz. Qoʻshimcha bepul va cheklovsiz.

Qanday oʻrnataman?

Windows, Mac va brauzerdagi Word uchun qadamma-qadam yoʻriqnoma: Word uchun qoʻshimcha.

Bepul va Pro

Pro nima beradi?

Cheklovsiz matn, 12 MB gacha fayl, 300 sahifagacha PDF va bir vaqtda 20 ta fayl. Hammasi oʻsha-oʻsha brauzeringizda. Batafsil.

Pro qancha turadi?

Oyiga 19 000 soʻm yoki yiliga 149 000 soʻm (oyiga taxminan 12 400 soʻm).

Pro qanday olinadi?

Telegram botimiz @yozuvlar_app_bot orqali. Toʻlovdan keyin bot kalit yuboradi — uni saytdagi Pro oynasiga qoʻyasiz.

Pul avtomatik yechiladimi?

Yoʻq. Kalit muddati tugagach, Pro oʻz-oʻzidan toʻxtaydi va sayt bepul tarifga qaytadi. Hech narsa yoʻqolmaydi.

Javob topilmadimi?

Botga yozing yoki elektron pochta orqali murojaat qiling — tez javob beramiz.

Telegramda yozish a.abdurakhmonov09@gmail.com

Logotipimizdagi 8 qirrali yulduz — Samarqanddagi Shohi Zinda koshinlaridan ilhomlangan girih naqshi. Oʻzbek yozuvi bir asrda arab, lotin, kirill va yana lotin alifbosini koʻrdi — Yozuv ularni bir-biriga bogʻlaydi. Logotip haqida →